Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin vaqtida iftorlik tashkillashtirilgan Toshkentdagi restoran yopildi
22.05.2020 15:24,  
767

Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar Kavurma turk restorani karantin vaqtida yashirin tarzda faoliyatni davom ettirgani aniqlandi.

20 may kuni IIB hamda SENB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Foto: UzNews

Tekshiruv tadbirlari vaqtida restoranda iftorga yig‘ilganlar taxminan 30 kishi, jumladan 13 nafar o‘zbekistonlik va 17 nafari xorij fuqarolari bo‘lgani aniqlangan.

Shuningdek, alohida xonada namoz o‘qish va boshqa diniy marosimlarni o‘tkazish uchun sharoitlar tayyorlangan.

Karantin tadbirlari buzilish holati yuzasidan SENB xodimlari tomonidan kafe ma’muriyatini jinoiy javobgarlikka (20 dan 30 gacha BRV) tortish bo‘yicha tegishli bayonnoma tuzildi. Restoran esa belgilangan tartibda sud jarayonlari tugaguniga qadar muhrlab qo‘yildi.

Foto: UzNews

10 may kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan Qanotchi restorani ham 1 kun faoliyat ko‘rsatgan edi.

Avvaliga restoran ma’muriyati Facebook sahifasida mijozlarni qabul qilishni boshlagani haqida xabar berdi. Ertasi kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati restoran ochilishining eksperiment bo‘lgani va hozirda eksperiment yakuniga yetgani uchun yopilganini ma’lum qildi.

Keyinchalik Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi Qanotchi qahvaxonasining o‘z boshimchalik bilan faoliyat yuritganini aniqladi. Inspeksiya qahvaxona rahbari Agzamov Sardorxo‘ja Erkinovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Yakkasaroy tuman Ma’muriy sudiga kiritilayotganini xabar qild i.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан