Avval xabar qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Savol: Karantinda bo‘lganlik haqidagi hujjatni kim beradi?
Javob: Statsionar sharoitda karantinda bo‘lgan shaxslar uchun, karantin zonadan berilgan ma’lumotnomaga asosan, hududiy (uchastka) ambulatoriya-poliklinika xizmati mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiiylashtirib beradi;
Uy sharoitida karantinda bo‘lgan shaxslar uchun hududiy (uchastka) ambulatoriya-poliklinika xizmati mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiiylashtirib beradi.