Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantinda boshqa joyda yashayotganlarning pensiyasi qanday yetkaziladi?
9.04.2020 16:39,  
408

Markaziy bank karantin davrida pensioner yashash manzilida bo‘lmasa yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyda yashasa, unga pensiya mablag‘lari qanday yetkazilishiga aniqlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, pensiya to‘lovi uchun qaydnoma (vedomost)lar pensiya oluvchining yashash manzili bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan maxsus dastur orqali Xalq bankining tegishli filiallariga jo‘natiladi.

Ushbu qaydnomalarga asosan pensiya mablag‘lari mazkur filialga moliyalashtiriladi va filial xodimlari tomonidan ularni oluvchilariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida qaydnomaga imzo qo‘ydirgan holda naqd shaklda to‘lab beriladi.

Fuqaro pensiyani tarqatish jarayonida yashash manzilida bo‘lmasa va vaqtincha boshqa hududda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, mablag‘lar Pensiya jamg‘armasiga qaytariladi hamda to‘lanmay qolgan ushbu mablag‘lar keyingi oyda qo‘shib to‘lab beriladi.

Shuningdek, fuqaro vaqtincha istiqomat qilib turgan manzilida vaqtincha ro‘yxatda turgan bo‘lsa, ushbu hududdagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga pensiya to‘lovlarini u vaqtincha yashab turgan hudud bo‘yicha to‘lov qaydnomasiga (manzillarini aniq ko‘rsatgan holda) kiritish va moliyalashtirishni so‘rab, murojaat qilishi mumkin.

Shu o‘rinda pensiya pullarini naqd shaklda olayotgan pensionerlarga Xalq bankining shaxsiy pensiya-overdraft kartalarini ochish va kelgusida pensiya mablag‘larini bank kartalariga o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu orqali ular bir qator qulayliklarga ega bo‘ladilar:

– birinchidan, pensioner qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar pensiya mablag‘lari oyning dastlabki kunlarida pensiya-overdraft kartasiga tushadi;

– ikkinchidan, keyingi pensiya to‘lovigacha puli tugab qolgan taqdirda, pensioner oylik pensiyasining 50 foizigacha foizsiz overdraft krediti olishi mumkin;

– uchinchidan, kartadagi mablag‘larga yillik 8 foiz miqdorida daromad hisoblanishi bilan bir qatorda, ularni Xalq bankining bankomatlari orqali foizsiz naqdlashtirish imkoniyati yaratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан