Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantinda fuqarolarning mehnat huquqlari bo‘yicha muhim savollarga javoblar
20.04.2020 15:17,  
560

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh mehnat huquq inspektori Gulruh Niyozmetova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Quyida brifing davomida muhim savollarga qaytarilgan javoblar taqdim etiladi.

Savol: Karantin sababli o‘zimning asosiy ish joyimdan ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqarib yuborishdi. O‘zimning avtomobilimda “dostavka“ bilan shug‘ullanadigan firmaga ishga kirib ishlashim mumkinmi? Bu ish stajiga o‘tadimi va mehnat daftarchamga yoziladimi?

Javob: Xodim karantin chora-tadbirlari belgilangan vaqtda o‘z hisobidan ta’til olgan bo‘lsa, Mazkur mehnat ta’tili, uning muddatidan qat’iy nazar, xodimning ish stajiga kiradi.

Shuningdek, O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq, xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi mumkin.

Xodimning iltimosiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish uning mehnat daftarchasiga kiritiladi hamda ishlagan davri mehnat stajiga hisoblanadi.

Savol: Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Shu bilan birga Navoiy davlat pedagogika instituti 4-kurs talabasiman. Maktab ma’muriyati karantin vaqtida talabalarga oylik maosh to‘lanmasligini aytdi. Shu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Agar xodimning ish hajmi o‘zgarmasa, ish haqi kamaytirilmaydi. Ish haqi amalda ishlagan vaqt yoki bajarilgan ish uchun to‘lanadi.

Mehnatga haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasining zarur sharti ekani bois, umumiy qoidaga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan xodimning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas.

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohshiga ko‘ra taqsimlashi hisobga olingan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Shunga ko‘ra maktab ma’muriyatining harakatlari QONUNChILIKKA ZID hisoblanadi, masofadan faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga, shu jumladan ta’lim bilan ish faoliyatini bir olib borayotgan xodimlarga ish haqi belgilangan tartibda to‘lanishi lozim.

Savol: Agar ish masofaviyga o‘zgartilsa, mehnat shartnomasida o‘zgarish bo‘ladimi yoki oylik to‘lovida o‘zgarish bo‘ladimi?

Javob: Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarning roziligi bilan mehnat shartnomaga tegishli o‘zgartirish kiritilib, xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu holatlarda xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

  • mehnatga haq to‘lashdagi soatbay asosida — xodimning masofaviy ishga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
  • mehnatga haq to‘lashdagi ishbay asosida — o‘rnatilgan narxlardan kelib chiqqan holda.

Demak, ushbu holatda Sizga oylik ish haqlari Ish beruvchi va Siz o‘rtangizda tuzilgan mehnat shartnomasida nazarda tutilgan tartibda to‘liq to‘lab beriladi.

Savol: Kollej o‘qituvchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari yillik mehnat ta’tillariga chiqarilgan. Endilikda tashkilotda bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi hisobot topshirilmagani sababli Xiva shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tashkilot rahbarini ma’muriy jarimaga tortmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sababli xodimlar mehnat ta’tilidaligi davrida hisobot topshirilmaganligi sababli ma’muriy jarimaga tortilishim qonuniymi?

Javob: Kichik korxonalardan tashqari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar ish beruvchilari bo‘sh ish joylari bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda xodimlarning ishdan ozod qilinishi to‘g‘risidagi axborotlarni tuman, shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga har oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan har hisobot oyining 30-31 sanasi holati bo‘yicha elektron yoki qog‘oz shaklida taqdim etishi ShART.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qabul qilingan qarorlarda ish beruvchilarni bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslikdan OZOD QILINMAGAN, shu sababli ma’lumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilishi lozim.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 229-moddasiga asosan bo‘sh ish o‘rinlarini yashirish yoki axborotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik uchun ma’muriy jarima qo‘llash asosli hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан