Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantinda moliyaviy muammolarga duch kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga yordam beriladi
11.07.2020 15:24,  
145

Avval xabar qilganimizdek, aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 13 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari kiritildi.

Karantinda moddiy daromad manbayini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Xususan, davlat tomonidan hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, davlat tomonidan karantin sharoitida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham tizimli chora-tadbirlar belgilandi.

Mutasaddilarga nodavlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim tashkilotlari) faoliyatini o‘rgangan holda, karantin cheklovlari joriy etilganligi munosabati bilan faoliyatida moliyaviy muammolarga duch kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ushbu masala yuzasidan alohida Vazirlar Mahkamasining qarori tayyorlanadi.

Yirik tadbirkorlik sub’yektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo ob’yektlarida sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodim belgilash tavsiya etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан