Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantinda xayriya va volontyorlik markazlari orqali aholiga yordam yetkazish uchun 20 mlrd so‘m ajratildi
11.07.2020 15:15,  
76

Avval xabar qilganimizdek, aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 13 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari kiritildi.

Karantinda moddiy daromad manbayini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Xususan, davlat tomonidan hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, volontyorlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Endilikda moddiy ko‘mak yuklarini o‘z manziliga yetkazib berishda asosiy yordamchi bo‘lgan volontyorlar mahalliy hokimliklar tomonidan zarur himoya vositalari – tibbiy kombinezon, tibbiy niqob, qo‘lqop, dezinfeksiya vositalari, shuningdek, uzluksiz harakatlanish uchun avtotransport vositalari (damas, labo, gazel va b.q.) bilan ta’minlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini sotib olish hamda homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari orqali yetkazib berish uchun davlat tomonidan 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Kelgusida davlat tomonidan karantin davrida aholining muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruratga qarab yana qo‘shimcha mablag‘lar ham ajratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан