Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantinda yozgi bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etiladi?
15.06.2020 17:58,  
126

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Karantinda yozgi bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etiladi?

Javob: Hozirda 80 ga yaqin bolalar oromgohi ish boshlashi rejalashtirilgan.

Asos — Bolalarni xavfsiz dam oldirish va sog‘lomlashtirishni tashkil qilish Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 26 maydagi 1-sonli bayoniga muvofiq tasdiqlangan dislokatsiya.

- Oromgohga dam olish va ishlashga boradigan bolalar va tarbiyachilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi;

- Ota-onalar va qarindoshlarga bolalarni ko‘rish uchun oromgohlarga borishi va oziq-ovqat mahsulotlarini olib borishga ruxsat berilmaydi.

Har bir oromgohda tegishli epidemiyaga qarshi tadbirlar belgilangan.

Savol: Sanatoriyga borishdan avval koronavirusga xususiy poliklinikalarda ham test topshirsa bo‘ladimi?

Javob: Ha, bo‘ladi. Bunda nodavlat tibbiyot muassasasiga telefon orqali murojaat etiladi, ular maxsus avtotransportlarda kelib, tegishli namunalarni oladi va tahlillarni o‘z laboratoriyalarida o‘tkazadi.

Tashkilot xodimlarining yoki fuqarolarning tahlilga namuna topshirish uchun bevosita nodavlat tibbiyot muassasasiga kelishiga ruxsat etilmaydi.

Savol: Umumiy ovqatlanish joylarida har bir xo‘randa ro‘yxatga olinadimi?

Javob: Yo‘q, shart emas! Faqat karantin talablari bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi, ya’ni xo‘randalar tashrif buyurishidan qat’iy nazar muassasada kun davomida dezinfeksiya moddalaridan foydalanilgan holda namli tozalash ishlarini amalga oshirilishi va pol qismlari yuvib turilishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан