Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantindan qochgan uch fuqaroga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilandi
22.03.2020 20:36,  
527

2020 yil 16 mart kuni Janubiy Koreya Respublikasidan Rossiya Ferderatsiyasi orqali Samarqandga kelgan  fuqaro A. A. (1989 y.t.) koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Biroq, fuqaro A.A. epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, o‘zboshimchalik bilan shifoxonadan qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida  u Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ushlandi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot xizmati xabar qildi

Shuningdek, 2020 yil 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Samara shahridan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan fuqaro E.T. (1954 y.t.) koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, Samarqand viloyatidagi “Do‘stlik” oromgohida karantinga joylashtirilgan.  Shunga qaramay, fuqaro E.T. epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, o‘zboshimchalik bilan karantin zonasidan qochib ketganligi aniqlangan. 

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro E.T. Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi yashash uyida ushlandi. 

Bundan tashqari, 2020 yil 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kelgan fuqaro Sh. R. (1990 y.t.) koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, Nukus shahridagi Respublika bolalar sanatoriyasiga karantinga joylashtirilgan. Birok, fuqaro Sh.R. ham epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, o‘zboshimchalik bilan karantin zonasidan qochib ketganligi aniqlangan. 

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro Sh.R. Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida ushlandi. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan 21.03.2020 yilda O‘zbeksiton Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, yuqorida qayd etilgan fuqarolarning barchasi gumondor tariqasida protsessual tartibda ushlangan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан