Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantindan so‘ng ham sanitariya qoidalariga amal qilmaganlik uchun javobgarlik bo‘ladimi?
7.05.2020 18:56,  
458

AOKA shtabiga fuqarolardan kelib tushayotgan savollar bo‘yicha Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva javob bermoqda.

Savol: Karantin tugagandan so‘ng korxona, tashkilotlar, jamoat joylarida fuqarolar tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalarga rioya qilish davom etadi, deb eshitdim. Ayting-chi, karantindan so‘ng jamoat joylarida sanitariya-gigiyena qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarga qandaydir jarima yoki intizomiy jazo qo‘llash amaliyoti davom etadimi?

Javob: Karantin tugagandan so‘ng ham sanitariya- gigiyena qoidalariga amal qilmaganlik uchun javobgarlik qo‘llaniladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasida belgilangan ma’muriy javobgarlik karantindan qati nazar amal qiladi. Ushbu moddaga ko‘ra, sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, joriy yilning 5 may kuni o‘tkazilgan videoselektorda Prezidentimiz “Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sari cheklovlarni bekor qilishni davom ettiramiz. Aksincha, vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”, – dedi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан