Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantinni buzgan koronavirusni yuqtirib olgan shaxs jazolandi
22.03.2020 22:55,  
1795

2020 yil 22 mart kuni ayol M.T. (1964 y.t.) Respublika virusologiya ilmiy tekshiruv institutiga o‘zida koronavirus (Covid-19) kasalligi mavjudligini tekshirish maqsadida qon tahlillarini topshirib, natijalarini kutmasdan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan qoidalarni buzib, Qibray tumani, Roxatbaxsh ko‘chasidagi xonadonga kelib, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov xabar qildi.

Qon tahlillari natijalariga ko‘ra, M.T.da koronavirus (Covid-19) alomatlari aniqlangan va u tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
 
Aniqlanishicha, fuqaro M.T. joriy yil 12 mart kuni yuqorida ko‘rsatilgan manzilda o‘tkazilayotgan to‘y marosimida koronavirus  (Covid-19) aniqlangan birinchi bemor bilan uchrashib, muloqotda bo‘lganligi sababli, virus mavjudligini tekshirish uchun zarurati paydo bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 22.03.2020 yilda fuqaro M.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. 

Hodisa joyiga Qibray tumani karantin guruhi chiqib, huquqbuzar muloqotda bo‘lgan shaxslarning yashash joylari dezinfeksiya qilinib, barchasi Chirchiq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantinga yotqizildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан