Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohini sotib olishga takliflarni qabul qilish muddati uzaytirildi
3.06.2021 08:57,  
685

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri va viloyatida bir necha ob’yektlar sotuvga qo‘yilganini ma’lum qilgandi. Ular orasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» dam olish oromgohi ham bor.

Ommaviy savdolarga chiqarilgan yirik aktivlarning 6 tasi (DXXning sobiq markaziy binosi, «Malika» savdo majmuasi, «Ichan qal’a» mehmonxonasi, «Qizil suv sport sog‘lomlashtirish» MChJ, «Poytaxt biznes majmuasi» MChJ, gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi) bo‘yicha jami 16 ta taklif kelib tushgan. «Beldirsoy» va «Sijjak» dam olish maskanlariga hozircha xaridor yo‘q. Shu sababli ularni sotib olish uchun talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021 yil 1 iyulgacha uzaytirildi.

Ushbu dam olish maskanida mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar bor. Oromgoh 2017 yilning 10 fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan. Keyinchalik musodara qilingan ushbu hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berilgan edi. Ammo oxir-oqibat ushbu dam olish maskanini ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yishga qaror qilindi.

Ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан