Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karmana tumanida ma’muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarni talon-toroj qilinganligi fosh etildi
16.03.2021 16:50,  
97

Karmana tumanida ma’muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarni talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqida Prokratura departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasining tekshirish dalolatnomasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Karmana filiali moddiy javobgar shaxslari 2020 yil davomida 414 holatda ma’muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to‘lov kvitansiyalarini soxtalashtirib, to‘lovlarni bank dasturidan o‘tkazmasdan byudjetga 57,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан