Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karshering nima va nima uchun u tobora ommalashib bormoqda?
13.03.2020 18:40,  
1258

Hozirgi kunda birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyoti global tendensiya hisoblanadi. Milleniallar avlodi Z vakillari(1996 yildan keyin tug‘ilgan odamlar) resurslarini mulkka emas, balki foydalanishga tikishmoqda.

Karshering(carsharing) - bu avtomobilni qulay sharoitlarda, arzon narxda va qisqa muddatga ijaraga olishdir.

Agarda oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, avtomobilni ijaraga bir necha kun yoki bir necha soatga oladigan bo‘lsangiz, karsheringdagi tarif esa daqiqalar bilan hisoblanadi va ushbu qulaylik sizning bir muncha mablag‘ingizni tejashga imkon beradi. Bundan tashqari siz ijaraga olmoqchi bo‘lgan mashinangizni maxsus punktga borib olib-topshirishingiz ham shart emas. Karshering avtomobillarini shaharning ko‘pgina avtoturargohlaridan olib va shunga o‘xshash avtoparkinglarga, aeroport, temir yo‘l vokzali, metro stansiyalarini oldiga yoki savdo markazlarini oldidagi avtoturargohlarga tashlab ketaverasiz.

Keling ushbu avtoijara tizimini Rossiyaning Moskva shahrida o‘rganib chiqamiz. 

Moskvada karshering tizimidagi avtomobillarni taqdim etuvchi operatorlar soni bugungi kunda 16 taga yetdi. Ulardan uchtasi bozorning 82% ni tashkil etadi. Yandeks.Drayv, Delimobil, BelkaCar...

Narxi qancha?

Ijara narxi siz tanlagan operatorga, shuningdek avtomobil sinfiga qarab farq qiladi. Daqiqasi  3 dan 50 rublgacha. Bugungi kunda 1 rubl - 129 so‘mga bo‘lsa, hisobimiz bo‘yicha daqiqasi 390 so‘mdan 6450 so‘mgacha.

Karsheringni afzalligi shundaki, siz mashinaga yoqilg‘i quymaysiz, sug‘urta qilmaysiz hamda avtomobillar yuvilgan bo‘lib unga texnik xizmat ham ko‘rsatishga pul sarflashingiz shart emas. Hammasi siz qilgan to‘lov ichiga kiradi.

Avtomobilni qanday ijaraga olish mumkin?

Avtomobilni ijaraga olish uchun siz veb-sayt yoki operatorning mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida siz pasportingiz va haydovchilik guvohnomangiz fotosuratlarini ilova qilishingiz va keyin shartnomani imzolashingiz kerak (veb-sayt yoki ilovadagi operatorning shartlariga qo‘shilish orqali imzo tasdiqlanadi). Tekshirish jarayoni bir necha kunni olishi mumkin.

Siz veb-sayt yoki ilovada arzon avtomobilga buyurtma berishingiz mumkin. Avtomobil zaxiraga(bron) olingandan so‘ng, sizda bepul bron qilish uchun bir oz vaqtingiz bo‘ladi, ya’ni avtomobilgacha yetib olish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. 20 daqiqa o‘tgach, avtoga yetib ololmasangiz, to‘lov kutish stavkasidan boshlanadi, ya’ni 1 rubl 90 tiyindan 5 rublgacha.

Ilovadan foydalangan holda avtomobil avtomatik tarzda ochiladi. Barcha kerakli hujjatlar va dvigatelni o‘t oldirish uchun kalit ham salon ichida. Avtomobilni shikastlanganligi bo‘yicha vizual tekshiruv o‘tkazganingizdan so‘ng, siz uni ijaraga olishingiz mumkin bo‘ladi.

Avtomobilni ishlatganingizdan so‘ng, siz ijarani yakunlashingiz kerak. Ko‘pincha, ilovadagi "Ijarani tugatish" tugmachasini bosgandan so‘ng, mashinadan foydalanish to‘xtatilgan deb hisoblanadi, ammo buni tanlagan operatoringiz bilan aloqa o‘rnatib oldindan aniqlashtirib olishingizni tavsiya qilamiz.

Diqqat qiling! Har bir operator ijarachilarning yoshi va haydash tajribasiga qarab o‘z cheklovlariga egadir. Ushbu bo‘yicha ma’lumotlar avtomobillarni taqsimlovchi operatorlarning saytlarida mavjud. Shuningdek, u yerda siz qo‘ng‘iroqlar uchun kontakt raqamlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

Mashinani qayerda qoldirish mumkin?

Siz avtoulovni Moskvada ham, uning atrofidagi shaharlarda ijaraga berish zonalarida ham qoldirishingiz mumkin. E’tiborlisi shundaki, ushbu avtomobildan foydalangan haydovchi pullik to‘xtab turish joylarida to‘xtab turish haqidan ozod qilinadi.


Ba’zi operatorlar esa, foydalanuvchilarga hatto Moskva aeroportlarining to‘xtab turish joylarida ijarani yakunlash imkoniyatini taqdim etganlar. Ammo xizmat ko‘rsatish sohasini aniqlashtirib olgan yaxshidir, ya’ni barcha operatorlar taqdim etish mikoniyatlari bilan bir-birinikidan farq qiladi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Mablag‘lar avtomatik ravishda mobil ilovaning shaxsiy hisobiga bog‘langan bank kartasidan yechiladi.

Shuni unutmangki, ijaraga olingan avtoulovdan foydalanish sizni javobgarlikdan ozod qilmaydi, ya’ni yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, to‘xtash joyi chiptasi, maxsus to‘xtash joyi va evakuatsiya xarajatlari ijarachini majburiyatiga kiradi. Avtotransport vositalari sug‘urta qilinganligiga qaramay, barcha operatorlar haydovchining aybi bilan avtohalokatda avtoulovga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni haydovchilar zimmalariga oladilar.
Bundan tashqari, har bir operator o‘z jarimalar tizimiga ega. Ko‘pincha bu salondagi tozalikka rioya qilmaslik, hujjatlarni yo‘qotish va yoqilg‘i bakini bo‘sh qoldirish(yoqilg‘i shartlarini bilib olishingiz zarurdir) bilan ijarani tugatishi sababli jarimalar qo‘llaniladi. Ular haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun imzolashdan oldin shartnomani diqqat bilan o‘qing.

Avtomobillarni ratsional tarzda taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish orqali yo‘llarni tirbandlikdan tushirishga yordam beradi. Ko‘pgina fuqarolar uchun daqiqalik ijara, avtoulov sotib olishning to‘liq alternativasiga aylanadi, ya’ni siz mashina sotib olishga, benzin, sug‘urta va texnik xizmat ko‘rsatish uchun pul sarflashingiz shart bo‘lmay qoladi.

JPMorgan ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva hokimiyati avtoulovlarni taqsimlovchi mashinalar parkini 25 mingtagacha oshirishni maqsad qilgan. O‘shanda har bir mashina taxminan 500 kishiga to‘g‘ri keladi va Moskva ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyo yetakchilaridan o‘zib ketadi ham, masalan Torontoda (498), Madrid (500), Shtutgart (515) va Nyu-York (525)ga to‘g‘ri keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан