Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Kasal pomidor»ni yetishtirgan issiqxona topildi — Xayrullo Bozorov eksport bo‘yicha Rossiya tomonidan qo‘yilgan taqiqqa izoh berdi
13.12.2020 12:10,  
1242

Dekabr oyi boshlarida Rossiya tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga taqiq qo‘yilgan edi. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bu borada berilgan savolga javob berdi.

— Farg‘ona eksport sohasida O‘zbekistonda yetakchi o‘rinlarda turadi. Ammo Rossiyaning vakolatli organlari avval quritilgan mevalar, keyin esa barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarga taqiq qo‘ydi. Bu viloyatga qay darajada ta’sir qiladi?

— Juda katta salbiy ta’sir o‘tkazadi. Agar taqiq olib tashlanmasa, Farg‘onaga og‘ir bo‘ladi. Bizda juda ko‘p yangi bog‘lar ekilgan, ularning ishlab chiqarishi asosan eksportga mo‘ljallangan. Taqiq masalasi esa pomidor bilan boshlangan edi va o‘sha zahoti dolzarb mavzuga aylandi.

Hozir viloyatga poytaxtdan ham mutaxassislar kelgan va barcha issiqxonalarni tekshirib bo‘ldik. E’tiborli tomoni, o‘sha Rossiyaga yuborilgan pomidordan chiqqan kasallik birorta issiqxonada aniqlangani yo‘q. Qiziq tomoni, Moskvaga bor-yo‘g‘i 5 kilogramm pomidor sinov tariqasida olib borilgan ekan. Agar mijozga yoqsa, ko‘proq olib borishni maqsad qilishgan. O‘sha kichik partiyadan Rospotrebnadzor tomonidan kasallik topilgan. Biz barchasini aniqladik, pomidor Marg‘ilon bozoridan olib borilgan. Oxiri o‘sha pomidorni sotgan tadbirkorni ham qidirib, bozordan topdik va qayerda yetishtirilganini ham aniqladik. Biz u yerga ham bordik va issiqxonani tekshiruvdan o‘tkazdik. E’tiborli tomoni, unda ham kasallik aniqlanmadi. Bu ma’lumotlarni Rospotrebnadzor karantin inspeksiyasiga yubordik.

Endi quritilgan mevaga kelsak, hozirda bu borada tekshirish ketmoqda. Bunga ham vaqt kerak. Hozir Rossiya bilan kelishishga harakat qilmoqdamiz. Barcha tumanlarga topshiriq berilgan, eksportyorlar bilan gaplashib olish lozim. O‘rik sifatsiz yuborilgani rost, tan olamiz. Jo‘natish sababi ham bozorda sotish uchun emas, balki Boshqirdistondan talab bo‘lgani uchun kompot qilish uchun yuborilgan. Afsuski shunaqa holat bo‘ldi.

Bu borada hozir hukumat darajasida ish olib borilmoqda. Rospotrebnadzor bilan gaplashib, seshanba kuni ruxsat olinishi kutilmoqda. Biz barcha xulosani tayyorlab, har bir mahsulot yetishtiruvchini tekshirib, xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilib, ro‘yxatini Rossiyaga beradigan bo‘ldik. Ular o‘sha eksportyorlarga ruxsat beradi. Hozircha shunga kelishilgan. Keyinchalik hamma bemalol eksport qilishi mumkin bo‘ladi.

Biz Germaniyadan mahsulotlarni tekshiradigan yangi jihozlar, reaktivlar sotib olmoqdamiz. Sifatni tekshiradigan bunaqa texnologiyalar uncha-muncha davlatda yo‘q. U ishga tushsa, hech qanday muammo qolmaydi. Bizning ham ko‘nglimiz tinch bo‘ladi. Bunaqa holat boshqa takrorlanishi mumkin emas. Ertaga iqtisodga yetkazadigan asosiy zarar ham shu bo‘ladi. Eksportyorlarga ham talabni, mas’uliyatni oshirishimiz lozim. Ishonch yo‘qolsa, uni tiklash qiyin bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан