Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kasallanishlar soni keskin pasaydi
30.11.2021 10:17,  
69

2021 yil 29 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193208 (+143) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
11 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
1 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
24 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
15 nafari Farg‘ona viloyatida,
18 nafari Xorazm viloyatida,
46 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar,
Andijon viloyatida 30 nafar,
Buxoro viloyatida 6 nafar,
Jizzax viloyatida 8 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
Navoiy viloyatida 2 nafar,
Namangan viloyatida 19 nafar,
Samarqand viloyatida 18 nafar,
Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
Xorazm viloyatida 23 nafar,
Toshkent viloyatida 3 nafar,
Toshkent shahrida 70 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 189859 (+195) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1402 nafarni tashkil qildi.

Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko‘tardi. Ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa so‘nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarayotgan bo‘lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo‘la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to‘liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан