Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kaspiy dengizi suvlari qon rangiga bo‘yaldi (foto, video)
10.02.2020 17:42,  
5631

Ekologiya departamenti Primore ovuli yaqinida Kaspiy dengizi suvi nima sababdan qizilga bo‘yalganiga izoh berdi, deb xabar berdi Kazinform muxbiri.

Mang‘istau viloyat ekologiya departamentining ma’lum qilishicha, suvning qizil rangga bo‘yalishi diatom suv o‘tlari bilan bog‘liqdir. Bundan odamlarga va tabiatga hech qanday zarar kelmaydi. 

«Ushbu suv o‘tlari rangi och qizildan to‘q qizilgacha o‘zgarib turadi. Ularning 3800 dan ziyod turlari ma’lum. Kaspiyda 25 turi mavjud. Bizda laurensiya, polisifoniya, melobeziya kabi turlari bor. Ularning dengiz hayotiga aslo zarari yo‘q, baliqlarga xavf tug‘dirmaydi», - deydi departament davlat ekologik nazorat bo‘limi mutaxassisis Yerjan Jumashev.

Mutaxassislar ushbu hodisa har yil takrorlanishiga urg‘u berdi. «Bu har yil takrorlanadigan hodisa. Yanvar oyida rangi o‘zgaradi. Kaspiyda suv o‘tlari qizil rangda bo‘ladi, ular bir joyda gala bo‘lib o‘sadi. Hozir qor yog‘ib turganligi bois, oppoq qor fonida aholiga aniq ko‘ringan. Aslida esa vahima qilishga mutlaqo hojat yo‘q», - deydi Mang‘istau viloyat ekologiya departamenti laboratoriya tahlillari nazorat bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Raushan To‘lepova.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан