Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan o‘smir yigitning murdasi ikki oy o‘tib topildi
5.03.2021 20:42,  
793

Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab, cho‘kib ketgan yigitning  jasadi oradan ikki oy o‘tib topildi.  Bu haqda  «Xalq so‘zi online» xabar bermoqda.

2020 yilning 22 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumaniga qarashli Bo‘tqachi qishlog‘ida yashovchi 17 yoshli A. A. o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab cho‘kib ketgan edi.

Bu holat yuzasidan mahalliy hokimlik idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uzoq muddat davomida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Qidiruv ishlari viloyatning o‘nta tumani hududi bo‘ylab amalga oshirildi.

- Kuni kecha bu yigitning murdasi topildi,- deydi Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov. – Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан