Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Katta Farg‘ona kanalida yana bir yigit cho‘kib ketdi
6.03.2021 12:43,  
517

Qayd etilishicha, Pastkiqo‘riq mahallasi raisi Muhiddin Hoshimov ushbu xabarni tasdiqlagan.

«Qishloq hududidan oqib o‘tgan katta Farg‘ona kanalining bo‘yida baydarka mashg‘ulotlarini olib boradigan klub bor. Cho‘kib ketgan yigitcha shu klubda yangi o‘rganuvchi bo‘lgan. Ular kanalda kanoeda eshkak eshib mashg‘ulotlar olib borayotgan bo‘lgan. Yigitcha — maktabning 6-sinf o‘quvchisi. Hozirda uni qidirish ishlari olib borilmoqda. FVBdan g‘avvoslar guruhi yetib keldi», — degan mahalla raisi.

Ta’kidlanishicha, voqea 5 mart kuni 16:00–17:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan. MFY raisi cho‘kib ketgan yigitning ism-familiyasini ochiqlamagan.

Shuningdek, ushbu ma’lumotni Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari ham tasdiqlagan. Hozirda voqea joyida FVBning g‘avvoslar guruhi ish olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 22 dekabr kuni o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketgan yozyovonlik o‘smir yigit A.A.ning jasadi 2021 yilning 5 mart kuni topilgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан