Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Katta hokimiyat va katta boylikning bevosita qurboni​
17.08.2020 18:44,  
4103

Hokimiyat – efemer, o‘tkinchi, beqaror, davomiy emas, mo‘rt va oquvchan. Hokimiyat doim u yoki bu tomonga oqib boruvchi hisoblanadi. Lekin, mana shu o‘tkinchi hokimiyatni deb, siyosatchilar, o‘zlarini va yaqinlarini ko‘plab muammolarga qo‘yishadi. Ayniqsa, hokimiyat qancha cheklanmagan bo‘lsa, hukmdor uchun uni salbiy oqibatlari ham, shuncha ko‘p bo‘ladi.

Tarix ko‘rsatadiki, mutlaq hokimiyat – xayr emas, moddiy boylik ustidagi ma’naviy-ta’rixiy inqiroz hisoblanadi. Mutlaq hokimiyat boshida turgan shaxslar va ularni oilalariga e’tibor berilsa, bu oilalar – dunyodagi eng baxtsiz, yolg‘iz, do‘stsiz, inson fitratiga xos oddiy huzurlardan xoli odamlar, oilalar hisoblanadi. Katta hokimiyat va katta boylik, inson ruhiyatini yemirib boradi. Chunki, katta hokimiyat va katta boylikni ushlab turish, ko‘paytirish uchun, inson boshqalar bilan ayovsiz kurashishi kerak bo‘ladi. Har bitta jon va ruh egasini so‘ndirib, o‘z boyligi va hokimiyatini ushlab turgan inson ruhiyati, ma’lum qonuniyatlardan chiqib keta olmaydi, inqirozga va tanazzulga yuz tutadi.

Bugun, qo‘shni Qozog‘iston birinchi Prezidenti Nazarboyevning nevarasi Aysultan Nazarboyevning o‘limi haqida xabarlar tarqaldi. U 30 yoshda edi. Bola katta hokimiyat va katta boylikning bevosita qurboni bo‘ldi. Dunyo tarixida hech bir diktator yo‘qki, uni qalbida doimiy huzur, oilasida tinchlik va halovat bo‘lsa. Siyosatchilar hokimiyatni sevishadi. Aslida, hokimiyatdan qochishga harakat qilish kerak.

Hokimiyat o‘tkinchi, lekin jamoatchilik fikri, tarixiy xotira – barqaror. Hokimiyat esa, ijobiy jamoatchilik fikri, ijobiy xotira uchun vosita bo‘lsa, dunyodagi va oxiratdagi eng katta huzur-halovat shu bo‘lsa kerak. Millionlab odamlarning ishonchiga va hurmatiga sazovor bo‘lgan hukmdorlar, hech qachon och-nochor, hurmat va izzatsiz qolishmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан