Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Katta miqdordagi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
27.03.2021 15:26,  
127

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “M.” MChJ farmatsevti A.A. va Sh.A.lar dori vositalarini dorixonadan tashqarida muomalaga kiritib daromad orttirish maqsadida, xorijda ishlab chiqarilgan “Debistal-GM” dori vositasining har bir donasini 33 ming so‘mdan hisoblab, 4 000 donasini 132 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Prokratura departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan A.A. va Sh.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан