Kattaqo‘rg‘onda xo‘roz urishtiruvchi «xo‘rozlar arena»si tashkil etilganligi aniqlandi

Kattaqo‘rg‘onda xo‘roz urishtiruvchi «xo‘rozlar arena»si tashkil etilganligi aniqlandi

8 fevral kuni Samarqand viloyati IIB, DXX hamda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro M.F. pul evaziga xo‘rozlarni urishtirish uchun «arena» tashkil qilib, xo‘roz urishtirish uchun kelgan har bir fuqarodan 10 ming (o‘n ming) so‘m miqdorda pul olib kelganligi aniqlandi.

«Arena»da jami 3 nafar fuqarolar o‘zlarining xo‘rozlarini urushtirish uchun olib kelganligi, 70 ga yaqin fuqarolar esa tomoshaga kelganligi aniqlangan, ularning yonlari ko‘zdan kechirilganda 3 nafar fuqarolarning cho‘ntaklaridan marixuanna giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor tadbir davomida 51 nafar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.