Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kattaqo‘rg‘onda zo‘rlangan o‘quvchi qiz bedarak yo‘qolgan,ayblanayotganlar biri esa o‘z uyida vafot etgan
20.01.2021 17:03,  
1156

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Ichki ishlar bo‘limiga zo‘rlanganini aytib, murojaat qilgan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro oradan bir hafta o‘tib, bedarak yo‘qoldi. Zo‘rlashda ayblangan fuqarolardan biri uyida vafot etgan. Bu haqida viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining xabariga tayanib yozmoqda "Teznews".

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 2 yanvar kuni 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan P.E. Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro I.S. o‘zining «Matiz» avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on shahar Chinobod mahallasi hududiga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini, shuningdek, fuqaro S.R. ham «VAZ 2106» rusumli avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan suv ombori hududiga olib borib, uni zo‘rlab jinsiy aloqa qilganligini ko‘rsatib ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvga kirishilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan, ishga aloqador shaxslarning ko‘rsatuvlari olingan. Voyaga yetmagan P.E.ning tanasida tan jarohatlariga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Xabarda aytilishicha, ishda to‘plangan dalillarga asosan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (Nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan hududiy tegishliligi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, P.E.ning arizasida ko‘rsatilgan fuqaro S.R. 2021 yil 13 yanvar kuni o‘zining Kattaqo‘rg‘on tuman Saroyqo‘rg‘on mahallasida joylashgan uyida vafot etganligi aniqlangan. Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi fuqaro S.R.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, 2021 yil 14 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasiga fuqaro S.S. ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan farzandi P.E. 10 yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilyotganligi bildirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан