Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha 489 kishida koronavirus aniqlandi, 4 bemor vafot etdi, 277 kishi sog‘aydi
24.07.2020 00:13,  
338

Shu yilning 23 iyul kuni mamlakatimizda 489 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 435 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 277 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 868 nafar bemordan 10 149 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 617 nafar bemordan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан