Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha 579 kishida koronavirus aniqlandi, 4 bemor vafot etdi, 124 kishi sog‘aydi
19.07.2020 00:44,  
329

Shu yilning 18 iyul kuni mamlakatimizda 579 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 138 nafari Karantin muassasalarida, 441 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Namangan, Andijon hamda Navoiy viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 16186 nafar bemordan 9127 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6976 nafar bemordan 71 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 60 552 nafar, statsionar karantinda esa 22 871 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан