Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha O‘zbekiston bo‘ylab 8 ta hududda aholidan koronavirus aniqlandi​
24.06.2020 15:33,  
359

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, aholi orasida koronavirus qayd etilishi holatlari mamlakatimiz bo‘ylab barcha hududlarda kuzatilmoqda. Jumladan, 23 iyun kuni 8 ta hududda: Xorazm, Namangan, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 30 holatda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlangan.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Silga qarshi kurashish dispanseri xodimi F.K. va uning o‘g‘lida, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi A.R.da (tana harorati tushmayotganligi sababli o‘zi borib namuna topshirgan), Namangan viloyati Pop tumani harbiy qism xodimi Sh.N.da (profilaktik tekshiruv mobaynida aniqlangan), ushbu viloyatdagi “Turon Megastroy” korxonasi ishchisi M.B.da (Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lgan), Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.A.da (qurilish kompaniyasida ishlab ketgan), Xorazm viloyatida “Xorazm gilamlari” MChJning 6 nafar ishchisida koronavirus tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (tana harorati ko‘tarilgan va yo‘tal bezovta qilgani sababli namuna topshirgan), Toshkent tumanida yashovchi A.A.da (shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan), Chinoz tumanida yashovchi J.E.da (tana harorati ko‘tarilgan va tomoqda og‘riq bo‘lganligi uchun namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Ko‘rinib turibdiki, yurtimizning qaysi hududida bo‘lishidan qat’iy nazar har bir fuqaroda koronavirus yuqtirib olish xavfi mavjud. 

Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi, eng avvalo, tozalikka qat’iy rioya qilishni, aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik, ko‘chada bo‘lgan vaqt esa  ijtimoiy masofani saqlash, niqoblarni to‘g‘ri taqib yurish, qo‘llarni yaxshilab, qayta-qayta yuvish kabi karantin qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi" - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан