Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha yana 500 kishida koronavirus aniqlandi - O‘zbekiston
16.07.2020 07:45,  
458

15 iyul, chorshanba kuni mamlakatimizda 496 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 200 nafari karantin muassasalarida, 291 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 15 iyulda 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Manba: SSV

Toshkent shahri, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax hamda Farg‘ona viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 328 nafar fuqaro sog‘aydi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14581 nafar bemordan 8655 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5855 nafar bemordan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 57 500 nafar, statsionar karantinda esa 21 738 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан