Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kanada otishmadan keyin qurol to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirmoqchi
21.04.2020 13:57,  
126

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi ommaviy otishmadan keyin qurolga ega bo‘lish to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirishga va’da berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Matbuot anjumanida bosh vazir hatto saylov kompaniyasi davrida amaldagi hukumat qurol-yarog‘ nazorati to‘g‘risidagi qonunga «jiddiy e’tibor qaratganini» ta’kidladi.

«Aytishim mumkinki, biz butun mamlakatda harbiy qurollar ta’qiqlanishi to‘g‘risidagi qonunga bir qadam qolgan edik. Ammo koronavirus epidemiyasi tufayli biz parlamentda bu qonun qabul qilinishiga ulgurmadik. Ammo parlament o‘z ishiga qaytishi bilan biz oldinga siljish niyatidamiz», - deydi Tryudo.

Ushbu matbuot anjumanida qatnashgan Jamoat xavfsizligi vaziri Bill Bler hukumat o‘tochar harbiy qurollarni cheklash uchun normativ akt qabul qilishni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан