Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Kelajakda vaziyat yana murakkablashadi» — suv xo‘jaligi vaziri O‘zbekistonga kirib keladigan suv miqdori haqida
5.12.2021 22:11,  
277

O‘zbekiston hududiga suv kirib kelish miqdori 2050 yilga qadar kamida 5 milliard kubga kamayishi kutilmoqda. Bu haqda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev 2 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etdi.

«Global isish muammosi O‘zbekistonga ham juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Ba’zilar «Muzliklarni tez erishi yaxshi-ku, ko‘proq suv kelyapti», — deydi. Muzliklar ko‘p erigandan keyin u qayta tiklanadi. Masalan, Orol dengizi qurishidan oldin qor, yomg‘irlar ko‘p yog‘ardi, ya’ni suv suvni tortadi. Lekin muzliklar erigan sari tiklanish jarayoni ham kamayib boradi.

O‘zbekiston 80—90 yillarda kurashsiz, janjalsiz 64 milliard kub suv olardi. Ammo global isish natijasida suvlarning kelish oqimi 51-52 milliard kubga kamaydi. Bu miqdor kelajakda ham kamayib boradi. Hisob-kitobimizga ko‘ra, yurtimizga suv kelishi 2050 yilgacha yana kamida 5 milliard kubga kamayadi.

Shuningdek, suv omborlari qurilishi, yer o‘zlashtirishlar, boshqa sohalarning rivojlanishi sabab yana suv oqimi kamayishi kutilmoqda. Mening taxminlarimga ko‘ra, 10 milliard kubga kamayishi mumkin. Vaziyat yana murakkablashadi, biz bunga tayyorgarlikni boshlaganmiz», — dedi Hamroyev.

Hamroyev kelgusida suv kelishining kamayishining oldini olish maqsadida bir qator ishlar qilinayotganini ta’kidladi.

«O‘zbekistonga chegara nuqtalaridan kirib kelayotgan suvlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekiladigan yerlarga yetib borgunicha 40 foizi yo‘qoladi. Bizning konsepsiyamizdan 40 foizni har yili bir foizdan kamaytirish ham o‘rin olgan. Bu vazifani uddalashimiz uchun tirillion-tirillion mablag‘lar ajratilyapti. Xususan, suv inshootlarini takomillashtiryapmiz va ta’mirlayapmiz, eng og‘ir hududlarda kichik-kichik suv omborlari quryapmiz, kanallar chetini betonlashtiryapmiz, suvni to‘g‘ri taqsimlaydigan zamonaviy qurilmalar o‘rnatyapmiz.

Bundan tashqari, suv samaradorligini oshirish bo‘yicha ham olimlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar qilinmoqda. Suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish, suvni boshqaradigan xodimlar malakasini oshirish, dunyo tajribasini o‘rganishga katta ahamiyat qaratyapmiz. Shu kabi sa’y-harakatlar orqali yuqorida aytilgan 10 milliard kubni 5 milliardga kamaytirishga imkoniyatimiz bor», — dedi suv xo‘jaligi vaziri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан