Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kelasi o‘quv yilidan boshlab bola 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi
3.12.2020 17:38,  
497

«Ta’lim to‘g‘risida»gi yangilangan qonunga asosan, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasida bolani maktabga berish yoshi to‘g‘risidagi tushunmovchiliklarga barham berilishi aytildi.

O‘zbekistonda endilikda bola 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Shu paytgacha bolani necha yoshdan maktabga berish masalasi ota-onalar tomonidan turlicha talqin qilinardi. Normativ hujjatlarda 6–7 yosh deb belgilangan. Boshqa tartibda esa psixolog xulosasiga ko‘ra, bola maktabga tayyor bo‘lsa, muddatidan oldin 6 yoshda qabul qilinishi mumkin, degan talqinlar ham bo‘lgan va bu ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Bu vaziyatdan kimdir o‘z moddiy manfaati yo‘lida foydalanishi ham mumkin. Shu sababli xalqaro tajribadan kelib chiqib, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov majburiy ravishda qonunga kiritildi.

Joriy yil 23 sentyabrda kuchga kirgan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga asosan, 2021/22 o‘quv yilidan boshlab bola 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilish tizimi amal qiladi. Bu esa ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchiliklarga barham beradi», – dedi Sharifxo‘jayev 3 dekabr kuni xalq ta’limi tizimidagi korrupsiya mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан