Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kelayotgan o‘n kunlik sovuqni yaxshi o‘tkazib olishga hamma imkoniyatlarimiz mavjud — Energetika vaziri
20.01.2021 10:32,  
260

AOKAda o‘tkazilgan «Sovuq kunlarda aholini gaz, elektr energiyasi va ko‘mir bilan ta’minlashda kuzatilayotgan muammolar» mavzusidagi brifingda Energetika vaziri Alisher Sultonov dolzarb muammoga to‘xtalib o‘tdi.

"Ushbu haftaning oxiriga kelib, O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilmoqda. Biz vaziyatdan yaxshi xabardormiz, mummolarni yengillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiryapmiz.

Yanvar oyining so‘nggi o‘n kunligidagi iste’molchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz, 19 ming 210 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Hozirgi kunda ko‘mir omborlarida jami 156 ming 635 tonna  ko‘mir va briket zaxirasi mavjud.

Standart talablariga javob bermaydigan moslamalar ishlatilganida juda ko‘p energiya yo‘qotishlari yuzaga kelmoqda. Afsuski, bugungi kunda ana shunday vaziyatlar kuzatilayapti. Bunaqada ishlab chiqarishni qancha ko‘paytirmaylik, gazni ham, elektr energiyasini ham yetkazib berishda muamolar yuzaga kelishi mumkin.

Hurmatli iste’molchilar, shuning uchun men sizlardan energiyatejamkor qurilmalardan foydalanish yo‘nalishida birgalikda ishlashni iltimos qilardim. O‘ylaymanki, ushbu kelayotgan bir hafta-o‘n kunlik sovuqni yaxshi o‘tkazib olishga hamma imkoniyatlarimiz mavjud" deydi vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан