Kelgusi yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Kelgusi yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlari oshiriladi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2022 yil uchun davlat byudjeti loyihasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda davlat qarzlarini so‘ndirish xarajatlari 10 trln so‘mdan ortiq, shu jumladan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar 4 trln so‘mdan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m, ta’lim kreditlarini moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun 600 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.