Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida qanday choralar ko‘riladi
15.11.2021 17:49,  
157

Rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ko‘riladigan chora-tadbirlar:

➖oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m beriladi;

➖paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;

➖meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi;

➖aholi bandligini ta’minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo‘naltiriladi;

➖aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.

Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib,  tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo‘y va echki, kamida 5-10 ta kurka, 5 ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан