Kenzo brendi asoschisi COVID-19’dan vafot etdi

Kenzo brendi asoschisi COVID-19’dan vafot etdi

Kenzo Takada. Foto: Jacques Brinon / AP

Modeler Kenzo Takada 81 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Yaponiyalik dizayner va moda uyi asoschisi Kenzo 4 oktabr, yakshanba kuni Fransiyaning Neyi-syur-Sen kommunasidagi kasalxonada vafot etdi.

Takada 1939 yil 27 fevralda Yaponiyaning Hyogo prefekturasida tug‘ilgan. U Tokiodagi Bunka Gakuen moda maktabida tahsil olgan va 1965 yilda Fransiyaga ko‘chib o‘tgan.

Kenzo brendi 1970 yilda Takada tomonidan asos solingan. U Parijda Jungli Jap deb nomlangan birinchi butikini ochdi. U yerda dizayner o‘zining birinchi moda namoyishi o‘tkazgan. Keyingi yili u Nyu-York va Tokioda o‘z kolleksiyasini taqdim etdi.

1983 yildan beri Takada erkaklar modasi bilan shug‘ullanadi. Besh yil o‘tgach, Kenzo bolalar kiyimlari va uy-ro‘zg‘or buyumlarining birinchi qatorini, bir yildan so‘ng parfyumeriya mahsulotlarini ishlab chiqardi.

1993 yilda Kenzo o‘z brendini LVMH konserniga sotdi va olti yildan so‘ng u moda uyidan chiqib, mualliflik loyihalarini boshladi. 2004 yilda Takada Gokan Kobo brendini ishga tushirdi, dasturxon, aksessuarlar va uy jihozlarini yaratdi.

2016 yilda Takada Fransiya faxriy legioni kavaleri ordeni bilan taqdirlandi.