Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Kerak bo‘lsa, biz nafaqat o‘zimizni, balki butun dunyoni to‘ydira olamiz", — Qodirov G‘arb davlatlarining saksiyalariga javob qaytardi
11.03.2022 21:01,  
426

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni McDonald’s va Coca-Cola kompaniyalarining Rossiyadan ketishi haqidagi xabari xursand qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram - kanalida yozgan deya xabar bermoqda Lenta.ru.

“Eshiting, yangiliklar kundan-kunga yaxshilanib bormoqda! Nihoyat, mahalliy ishlab chiqaruvchilar erkin nafas oladilar. Ular uzoq vaqtdan beri bu kunni intiqlik bilan kutishgan”, - deydi Qodirov.

Qodirov doimo to‘g‘ri ovqatlanish tarafdori bo‘lgan. “Bu gazlangan suvsiz va tez tayyorlanadigan taomlarsiz u ancha yaxshi va, eng muhimi, sog‘lom bo‘ladi. Endi javonlarda tabiiy mahsulotlarimiz ko‘payadi, Rossiya biznesi uchun ko‘proq imkoniyatlar ochiladi, foyda esa mamlakatda qoladi”, — dedi u.

Qodirov, shuningdek, G‘arb davlatlari Rossiya iqtisodiyotini sindirishga intilishi va mamlakatni och qoldirishni kutishayotganini, ammo buni uddalay olmasligini aytdi. “Kerak bo‘lsa, biz nafaqat o‘zimizni, balki butun dunyoni to‘ydira olamiz. Siz faqat G‘arbda bo‘lasiz, sizlar esa och qolsangiz biz albatta yordam beramiz", dedi Checheniston rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан