Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ketma-ket 4 kundan beri koronavirus aniqlanish holatlari kamaymoqda
19.08.2020 06:53,  
237

18 avgust kuni mamlakatimizda 591 holatda kasallik qayd etildi va jami holatlar soni 36 518 taga yetdi. 

Yangi kasallanish holatlari:

  • Toshkent shahri - 384;
  • Toshkent viloyati - 158;
  • Samarqand viloyati - 26;
  • Namangan viloyati - 9;
  • Surxondaryo viloyati - 8;
  • Andijon viloyati - 4;
  • Farg‘ona viloyatida - 2 nafar aniqlangan. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, jami 643 nafar bemor sog‘aydi:

  • Toshkent shahri - 402;
  • Toshkent viloyati - 165;
  • Samarqand viloyati - 34;
  • Buxoro viloyati - 20;
  • Surxondaryo viloyati - 10;
  • Andijon viloyati - 7; 
  • Navoiy viloyati - 3; 
  • Farg‘ona viloyati - 2 nafar. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 36 518 nafar bemordan 32 223 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4052 nafar bemordan 411 nafari og‘ir, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан