Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Keyingi besh yil ichida O‘zbekiston banklari qanday o‘zgaradi
14.05.2020 19:19,  
360

Avval xabar qilganimizdek, prezident bank tizimini isloh qilish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi. Hujjatda 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan Bank tizimini isloh qilish strategiyasi va yo‘l xaritasi tasdiqlandi. 

Shunday qilib, oltita bankdagi davlat ulushi bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi ("Ipoteka-bank" ATB, "O‘zsanoatqurilishbank" OATB, "Asaka" OATB, "Aloqabank" OAJ, "Qishloq qurilish bank" OATB, "Turonbank" OATB).

Uchta davlat banki davlat ulushini saqlab qoladi (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Agrobank ATB, Mikrokreditbank ATB).

Bundan tashqari, "Turonbank" va "Qishloq qurilish bank" ning qo‘shilishi ko‘rib chiqilishi ma’lum bo‘ldi.

Xalq banki va Aziya alyans bankdagi davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish rejalashtirilgan.

Shunga muvofiq, Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini boshqarish Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, O‘zagroeksportbank va Poytaxt bankning faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi.

Agrobank va Mikrokreditbank faoliyati aholi, kichik biznes sub’yektlari hamda qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qo‘llab-quvvatlashga, hududlarda, shu jumladan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish orqali barcha hududlarda bank xizmatlari ommabopligini oshirishga yo‘naltiriladi.

Yana nimalar rejalashtirilmoqda

  • Banklarning asosiy bo‘lmagan aktivlar va bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalaridan bosqichma-bosqich ozod qilinishi.
  • 2025 yilgacha banklarning eng kam ustav kapitalini 500 milliard so‘mga oshirish.
  • Bankdan tashqari kredit tashkilotlarini rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni yaratish.
  • Bankdan tashqari moliyalashtirishning yangi biznes modellarini joriy etish.
  • Bankni sog‘lomlashtirish mexanizmini ishlab chiqish.
  • Qimmatli qog‘ozlar bozorida bank operatsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini soddalashtirish.
  • Iqtisodiyotda dollarlashuv darajasini pasaytirish choralari. Rag‘batlantiruvchi va tartibga soluvchi chora-tadbirlar, shu jumladan: banklarning aktivlari va passivlarida xorijiy valyutaning ulushini pasaytirish uchun makroiqtisodiy shart-sharoitlar; xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha cheklovlar.
  • Aniq va uzoq muddatli strategik tashabbuslarga ega bo‘lgan barqaror ishtirokchilar bozorga chiqishi uchun banklarni litsenziyalash qoidalarini ko‘rib chiqish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан