Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Keyingi yilda davlat byujetidan qaysi sohalarga eng ko‘p mablag‘ ajratilmoqda?
20.10.2020 10:15,  
185

19 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Pandemiya sharoitida ijtimoiy sohaga ajratiladigan xarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda maktabgacha ta’lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish maqsad qilingan. Xalq ta’lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash bo‘yicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard so‘m, jihozlashga 200 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida kelgusi yili innovatsion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga byudjetdan 2 baravar ko‘p mablag‘ yoki 100 milliard so‘m ajratiladi.

Sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Ilk bora onkogematologiyaga qariyb 90 milliard so‘m ajratilmoqda. Shuningdek, tamaki savdosidan olingan aksiz solig‘ining 7 foizi Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Shu bilan birga, kelgusi yilda birinchi marta gemodializga muhtoj kasallarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini 100 foizga yetkazish uchun 130 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан