UzReport’ning xabar berishicha, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining a’zolari umumiy yig‘ilishida assotsiatsiya raisi Firdavs Abduxoliqov o‘z lavozimidan ozod etishni so‘radi va lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga O‘zJOKU rektori Xalqaro press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja tayinlandi.
Firdavs Abduxoliqov «Sevimli» telekanalidagi mojaro ortidan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisligidan ketdi, deb yozmoqda «Daryo».