Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Khan Academy Oʻzbek — birinchi onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi
18.10.2019 12:11,  
512

Bugun Toshkentdagi INHA universiteti konferensiyalar zalida «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan sana arafasida Khan Academy Oʻzbek — birinchi onlayn ta’lim platformasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda onlayn maktab asoschilari, vazirliklar, O‘zbekistondagi elchixona va diplomatik muassasalar vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yaratuvchilar ta’lim tizimida yangi sahifalar ochuvchi va ta’limga yangicha yondashishga chorlovchi mukammal kontentni namoyish qilishdi.

Ochilish marosimi spikerlari tadbirga kelgan mehmonlarga platforma haqida namoyishlarni ko‘rsatishdi va jamoada qanday vazifalarni bajarishi va Khan Academy Oʻzbek rejalarini amalga oshirishda nima turtki bo‘lganligi haqida so‘zlab berishdi.

Loyiha asoschilari tantanali ravishda platformani ishga tushurishdi. Shundan so‘ng, Alisher Sa’dullayev, Ibroxim Jo‘rayev, Sarvar Boboxo‘jayev, Aftondil Erkinov, Zafar Xashimov, Bolshr Orifjonov, Umidjon Ishmuxamedov ishtirokida «Nima uchun O‘zbek tilidagi kontentini rivojlantirish kerak? Onlayn ta’limning ustunliklari» mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Khan Academy Oʻzbek — bu o‘zbek tilidagi ilk onlayn ta’lim maktabi. Xan akademiyasiga 2006 yilda amerikalik Salmon Xon tomonidan asos solingan.

Khan Academy onlayn tarzda mustaqil bilim olishga mo‘ljallangan platforma hisoblanadi. U matematika, fizika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, ingliz tili grammatikasi, tibbiyot, astronomiya, moliya, tarix kabi fanlar bo‘yicha 10 mingdan ziyod videodarslar va 100 mingdan ortiq mavzulashtirilgan interaktiv mashqlarni jamlagan juda katta qamrovli platforma bo‘lib, har kim o‘zi istagan tilda, qulay vaqt va joyda kerakli fan bo‘yicha bilimlarni olishi mumkin.

Khan Academy kontenti bugungi kunda 36 ta tilga tarjima qilingan bo‘lib, undan 190 dan ortiq davlatda 63 millionga yaqin odam foydalanadi. Eng ahamiyatlisi, platformadan foydalanish mutlaqo bepul.

Platforma uz.khanacademy.org manzilida ishga tushirilgan.

Khan Academy o‘zbekcha platformasini ishga tushirish va tarjima qilish uchun shu kunga qadar dunyoning turli nuqtalaridan bo‘lgan 800 ga yaqin donorlar yordamida jami 200 ming AQSh dollari yig‘ildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан