Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Khan Academy Oʻzbek “Translaton” onlayn tarjima marafonini tashkil etdi
14.08.2020 21:01,  
90

Translaton (Translation + Marathon) — Khan Academy Oʻzbek ko‘ngillilar jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan tarjima marafoni. Marafonning asosiy maqsadi dunyo miqyosidagi top kontentni o‘zbek tiliga tarjima qilish va yoshlar orasida ilm-fan, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat. Marafonda 1 hafta davomida 1 millionta so‘zli kontentni o‘zbek tiliga tarjima qilish rejalashtirilgan.

Tarjima wikipedia.org, elementy.ru, postnauka.ru, serious-science.org, askamathematician.com, habr.com kabi manbalardan foydalangan holda matematika, fizika, texnologiya, iqtisodiyot va biznes, informatika, biologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi.

Bundan tashqari, 7 kun mobaynida open source (ochiq kodli dasturiy ta’minot), open data (ochiq ma’lumotlar) kontentni mahalliylashtirish va ijtimoiy tadbirkorlik mavzularida taqdimotlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Spikerlar va dasturni ko‘rish uchun Khan Academy Oʻzbek Telegram kanalini kuzatib boring.

Marafon IT Park Oʻzbekiston, Xalq ta’limi vazirligi, Ilg‘or texnologiyalar markazi, knigamir.uz va azon.uz homiyligida o‘tkazilmoqda.

Marafonda tarjimonlar (rus yoki ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila oladigan va ilm-fanga qiziqishi bo‘lgan shaxs), muharrirlar (o‘zbek tiliga tarjima qilingan maqolalarni turli mezonlar bo‘yicha tahrirlay oladigan mutaxassis), koordinatorlar (jamoadagi tashkiliy muammolarni hal etishga va guruhning lideri bo‘lib uni olg‘a boshlashga qodir kishi) ishtirok etishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан