Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kibersportga daxldor 15 nafar eng nufuzli insonlar reytingi: unda hamyurtimiz ham bor
22.10.2019 16:45,  
432

Forbes 15 nafar eng nufuzli kibersportga daxldor insonlar reytingini tuzdi. Ushbu ro‘yxatga sportchilar, sarmoyadorlar, shuningdek, kibersport klublari egalari va boshqaruvchilari kiritilgan.

Birinchi o‘ringa 20 yoshli Dota 2 "mutaxassisi" Ramzes - Roman Kushnarev loyiq ko‘rildi. U sentyabr oyida Rossiyaning Virtus.pro jamoasidan AQShning multigeymingga ixtisoslashgan Evil Genisues tashkilotiga tahminan 250.000 - 300.000 $ ga transfer bo‘lgan. Bu Dota 2 tarixidagi eng qimmat transferlardan biridir.

Birinchi uchlikka, shuningdek, Counter Strike: Global Offensive (CS: GO) o‘yinchisi S1mle - Aleksandr Kostilev hamda taniqli kibersport sharhlovchisi, ukrainalik Maincast studiyasi asoschisi V1lat - Vitaliy Volochay kiritilgan.

Reytingda beshinchi o‘rinni 2015 yildan beri e-sportga sarmoya kiritib kelayotgan milliarder Alisher Usmonov egalladi. 100 million dollar hajmli birinchi investitsiya Virtus.proga kiritilgan. 2018 yilda Mail.ru Group xuddi shunday miqdordagi pul bilan Rossiyada yirik sport sport musobaqalari tashkilotchisi bo‘lgan ESforcening 100% ulushini sotib oldi.

Ro‘yxatga kiritilgan o‘yinchilarning nufuzi musobaqalardagi g‘alabalari hamda OAVda yoritilish ko‘lami bilan aniqlansa, sarmoyadorlar va boshqaruvchilar nufuzi ularning bizneslari rivojiga qarab aniqlangan.

Rossiyada taniqli brendlar Megafon, MTC, Tele2, Toyota, Tinkoff Bank kibersport musobaqalariga homiylik qiladi. Kibersport bo‘yicha Rossiya bozori 2023 yilga kelib, yiliga 20 %dan o‘sadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан