Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kiyevda Ozarbayjonga harbiy yordam ko‘rsatish taklif qilindi
2.10.2020 11:42,  
475

Ukrainaning Oliy Radasining "Xalq xizmatkori" (Sluga naroda) partiyasi deputati (mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy ham shu partiyadan - Sof.uz) Lyudmila Marchenko Tog‘li Qorabog‘dagi og‘ir mojaroli vaziyatda Kiyevning Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda "Ukraina 24" telekanaliga tayanib Gazeta nashri xabar bermoqda.

U mintaqada bo‘lib o‘tayotgan voqealarni "harbiy vaziyat" deb atadi.

“Ukraina bugun Ozarbayjonni turli platformalarda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu kelajakda kerak bo‘ladigan barcha narsalar uchun ham harbiy, ham insonparvarlik yordami beriladi», - deya xulosa qildi Marchenko.

Deputat, shuningdek, Ukraina rasmiylari Bokuga "huquqiy sohada ham, resurs sohasida ham" yordam ko‘rsatayotganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu insonparvarlik yordamidir.

Shuningdek, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tan olishi va qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. 

Ukraina nega ozarlar tarafida bo‘lmoqda

2014 yil Rossiya tomonidan Ukrainaga tegishli Qrim yarim oroli bosib olinganda, Ozarbayjon MDHdagi ittifoqchiligi yoki boshqa aloqalariga qaramay Ukrainaning hududiy yaxlitligini dastaklagan va Rossiya anneksiyasini qoralagan edi. Ukraina TIV ham bunga to‘xtaldi. 

"Ukraina tashqi siyosatining asoslaridan biri bu davlatlarning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashdir. Biz Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini xalqaro miqyosda tan olingan chegaralar doirasida qo‘llab-quvvatlaganidek, biz ham Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladik va bu tamoyil biz uchun mutlaqo o‘zgarishsiz qolmoqda", - dedi vazir.

Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi qanaqa o‘zi

Sovet ittifoqi tarqalgandan keyin, ko‘p o‘tmay, 1993 yili Rossiyaning harbiy yordamiga tayangan Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni qo‘lga kiritish uchun Ozarbayjonga qarshi urushga kirishadi. Natijada, Tog‘li Qorabog‘ bosib olingan va uni Armaniston bilan bog‘lash uchun oradagi Ozarbayjon hududlari ham Ozarbayjondan tortib olingan. Bu harakat BMT va xalqaro hamjamiyat tomonidan agressiya deb baholangan.

Hozirgi paytda Ozarbayjon hududining 20 foizi armanilar qo‘lostida bo‘lib, buning taxminan 10 foizini Tog‘li Qorabog‘, qolgan 10 foizini esa Ozarbayjon tuproqlari tashkil qiladi. Ozarbayjon hududiy yaxlitligi tarikibiga deganda aynan o‘sha 20% hudud ham kiritilgan. Bu haqda saytimiz kolumnisti Baxtiyor Shohnazar bu yerda batafsil tushuntirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан