Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Kim kimga suyanadi?" Toshkentda yomg‘ir ostida xizmat qilayotgan YPX xodimi deputatga dardini yordi
10.02.2021 08:25,  
3130

Deputat Rasul Kusherbayev shu kunlarda o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqeani so‘zlab, IIV tizimidagi ayrim kamchiliklar, IIB xodimlari dardi xususida so‘z yuritdi.

"Kecha yomg‘ir ostida xizmat qilayotgan yo‘l harakati inspektoriga duch keldim. O‘z o‘zidan undan ishlarning ahvoli va sharoitlar haqida so‘radim.

Bilasizmi, ismi sir qolishi sharti bilan boyaqish xodim bir dunyo muammolarini aytib berdi: og‘ir ish yuklamasi, ayrim "rezultat" uchun ishlar, "kattalar"ni qonunda ko‘rsatilmagan qo‘shimcha topshiriqlari va hokazo.  

Eng asosiysi va norozilikning boshi – ularning hamon normal ish rejimiga rioya qilmagan holda majburiy ishlatilishga yo‘l qo‘yilayotgani. Ayrimlari hamon sutkalab uyiga borolmaydi.

Ular ham aslida kimningdir farzandi, otasi, akasi yo ukasi, ularda ham oila bor. Lekin haliyam  jonsiz robotdek munosabat.  

«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun talablaridagi mehnat muxofazasi masalalari hamon ichki ishlar tizimining o‘ziga tadbiq qilinmayotganligi achinarli hol. Aslida qonun talabini buzganlik uchun biz ichki ishlarga murojaat qilishimiz kerak. Biroq ularning o‘zlari o‘zlariga tegishli qonunlarga amal qilisha olmayapti.  

Bu holatda kim kimga suyanadi?

Savol hamon ochiq.  

Og‘ir ish yuklamasi, charchoq asabbuzarlik va fuqarolar bilan munosabatda chegaradan chiqishga olib kelishi mumkin.  

Kamiga eshitishimizcha, Toshkent viloyatidagi yo‘l harakati xodimlarini yana navbatdan tashqari attestatsiyada o‘tkazishmoqchi ekan. O‘zi o‘tgan yili shunday attestatsiya o‘tkazilib noqulay, nonormal ish rejimi sharoitida ishlashga chidab yurgan xodimlar orasidan 140 tachasi 6 oy muddatga qolib ketgan ekan. Prinsipning noyobligini qarang - sharoit yo‘q, biroq talablar bir dunyo. Attestatsiyada ham davriylik bo‘lishi kerak.

Biz IIV rahbariyatidan o‘z xodimlariga nisbatan mavjud  qonun talablariga amal qilishlarini so‘rayotgan bir vaqtda, qonun talablariga amal qilmayotgan tizimning yuqori elitasi quyi xodimlarni qayta-qayta attestatsiyadan o‘tkazish bilan shug‘ullansa. Biroq bu bilan yuqoridagi qonun ishlab ham ketmayapti.

Balki attestatsiyani tizimning boshidan boshlasa adolatli bo‘lar. Masalan tizim boshidagilarning «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun talablaridan qanchalik xabardorligi va bunga tizimda qanchalik amal qilishayotganligi yuzasidan", - deya yozib qoldirgan Kusherbayev. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан