Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kimlarga to‘lagan QQSlari qaytarib beriladi?
7.03.2020 18:44,  
1184

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz portaliga Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimi O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 1 iyuldan joriy etiladi.

Ta’kidlanishicha, 2 oy muddatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda tovarlarni sotib olishda to‘langan QQSni qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

“Tax-free” tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

2020 yilning 1 iyuliga qadar «Uzbekistan Airports» AJ bilan birgalikda maxsus qaytarish punktlarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini o‘tkazish punktlarini orqali kesib o‘tilganidan so‘ng neytral hududlarda joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан