Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kimlarga mandarin yeyish tavsiya qilinmaydi
9.11.2019 18:30,  
1129

Diyetolog Yelena Solomatina mandarinni kimlar yemasliklari kerakligi haqida gapirib berdi:

“Mandarinni yeyish kerak va u foydali. U o‘zida juda ko‘p miqdorda vitaminlar, mikro va makro yelementlar, antioksidiantlarni to‘plagan. Shuningdek, mandarin tarkibida zamburug‘lar o‘sishini to‘xtatadigan va bakteritsid ta’sir ko‘rsatadigan moddalar bor. Mandarinlar, ayniqsa, kuz-qish davrida, virusli kasalliklar tarqalgan paytda juda ham foydalidir.

Ushbu meva tarkibida oshqozon shilliq pardasini yangilash uchun kerak bo‘lgan beta-karotin mavjud. Mandarin rangi qanchalik yorqin bo‘lsa, tarkibida shuncha ko‘p beta-karotin bo‘ladi. Bu immunitet tizimiga birinchi tez tibbiy yordam hisoblanadi. Mandarinlar yurak uchun ham foydalidir – uning tarkibida yurak mushaklarini kuchaytiradigan, ortiqcha suyuqlikni ketkazadigan juda ko‘p kaliy mavjud”.

Kimlarga mandarin yeyish tavsiya qilinmaydi ?

Gastrit, me’da kislotasi oshishi, oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotganlar mandarin yeyishdan o‘zlarini tiyganlari ma’qul. Uning fikricha, hatto sog‘lom odam ham och qoringa mandarin yeganda noxushlikni his qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан