Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kimyo va biologiya bo‘yicha a’lochi talabalar magistraturaga imtihonlarsiz qabul qilinadi
13.08.2020 11:54,  
156

«Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

Shuningdek, respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o‘qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga OTMlarning 55 ta kafedralari biriktiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.

Davlat test markazi 2021 yil 1 fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qiladi.

Imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega maktab, litsey va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari davlat OTMga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda unga maksimal ball beriladi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yildan har 2 yilda bir marotaba OTMlar talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o‘tkaziladi.

Olimpiada g‘oliblariga bir martalik mukofot beriladi va ular tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha OTMlar magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – OTM) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazadi va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTMning mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi. 

OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur OTMning magistraturasiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturaga OTMning kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kvota doirasida qabul qilish tartibi joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан