Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kislorod konsentratorlari va biologik faol qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan va sertifikatlashtirmasdan import qilish mumkin
22.07.2020 16:20,  
218

«Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar taqchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik), «O‘zstandart» agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2020 yil 1 oktyabrga qadar bo‘lgan muddatda:

  • mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, puls oksimetrlari hamda sink, magniy, selen yoki vitamin «D» moddalarini saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda) va realizatsiya qilish;

- mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi dori vositalari import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda 5 kunlik muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda) va realizatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Belgilanishicha, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida tibbiy buyum, tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari importi bilan shug‘ullanuvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar:

- mahsulot sifati va xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi hamda o‘zlari tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot haqidagi ma’lumotlarni mahsulot realizatsiya qilingan kundan boshlab 5 kun ichida Agentlikka taqdim etishlari shart;

- dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida xalqaro patentlanmagan nomini o‘zbek yoki rus yohud ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan birgalikda qaror ijrosi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish yuzasidan aviareyslarni tashkil etish taklifini bildirgan tashabbuskorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан