Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kitobdagi avariya oqibatida 2 yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumdi
28.05.2020 12:56,  
340

Qashqadaryo viloyatida 2020 yilning 27 may kuni 22 yoshli N.T., boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida Kitob tumani Iskana qishlog‘ining ichki yo‘lidan harakatlanib kelayotgan vaqtda avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2 yoshli S.M., ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, natijada voyaga yetmagan S.M., tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z farzandliringizni e’tibordan chetda qoldirmang, shu kabi achinarli holatlarni oldini olish maqsadida farzandlaringizni kun davomida nazorat qilib boring, deyiladi IIV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан