Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Klass va kechikish
13.11.2019 08:25,  
1143

“Amerika uch yuz yilda shu maqomga yetgan bo‘lsa, O‘zbekistonimizni o‘ttiz yilda shu darajaga yetkazgan Islom Karimov bobomizning ruhlari shod bo‘lsin. Islom bobomizning haqiqiy izdoshlari Shavkat Mirziyoyevning umrlari uzoq bo‘lsin”, degan postga klass qo‘ygan onimdayoq elektr lip etib o‘chdi. Elektr va telefon antennasi birga yo‘qoladi. Demak, klass bosildi yoki bosilmadi.

Besh daqiqa o‘tib yonimdagi o‘g‘lim g‘ingshidi:

- Dada, sovqotdim

- Hozir isitamiz-da, toychog‘im!

Darrov pechkaga tezak, baklajka, tut tomiri, makkaso‘ta, yong‘oq po‘chog‘i, kartonqog‘oz, kir latta va ulardan tushgan supurindini qalab ustidan ko‘mir bosvordim. Xayolim internetda. Ko‘mirdan qoraygan qo‘lda telefon tutib bo‘lmaydi. Eshikdan chaqirishdi.

- Mahalla yig‘ilyapti. Svet-gaz, bog‘cha, medpunkt, yo‘l qurish, obod mahalla masalasi ko‘riladi.

- Minginchi martami? Hozir chiqaman.

Yugurib anhordan suv keltirib, yuvingach, majlisga chiqdim. Kolxoz zali buzib tashlagani uchun maktabga tiqildik. Katta xona tashqaridan ham sovuqligi uchun internetga kirishga qo‘lim qovushmay qaytdim. Afsus. Iya, ukam qaytibdi.

- Reyd ko‘payib ketdi. Buyog‘i bayram, propiska chatoq. Ob’yektni tugatmay qaytdim.

- Yaxshi qilibsan, uka. G‘ishtingni shu yerdayam kun ilisa quyaverasan. Molingni boq.

Internet ishlamasa, sahifa yoniq turadi, ammo klass qo‘ysang, bir ondayoq asl holiga qaytib qolaveradi. Menda ham shunday bo‘ldimikan? Yana eshikdan chaqirdi.

- Qo‘l qo‘ying. Tomorqani ekmasangiz, jarimadan ogohlantiramiz.

- Xo‘p, xo‘p-da. Qaysi idoradansizlar?

Muzlab ulgurmagan yerni chopib qo‘yish mumkin. Jarimadan yaxshi-ku. Internet kutib turadi. Tashqaridagi tirillagan buldozermi? Uyim “snos”ga tushdimikan? Darhol ko‘cha devorimga “Bu uyda odam yashaydi” yozuvini ildim.

Nihoyat elektr pomidor kabi yondi. Telefon antennasi lipilladi. Kechikkan klass bosildi. “Amerika uch yuz yilda shu maqomga yetgan bo‘lsa, biz o‘ttiz yilda shu darajaga yetdik. Umrlari uzoq bo‘lsin”. Xudoga shukr. Eshikdan chaqirmang. Mening boshqa idorada ishim yo‘q. Kech bo‘ldi. Uxlang. Hikoyam tamom.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан