Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘pkari bo‘yicha birinchi jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
10.09.2018 12:30,  
10

Ko‘pkari bo‘yicha dastlabki jahon chempionati 2019 yilda O‘zbekistonda tashkil qilinadi, deb xabar qilmoqda Qirg‘izistonning Sport AKIpress nashri.

Ushbu qaror Issiq-ko‘lda 8 sentyabr kuni O‘zbekiston sport vazirligi hamda Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘iynlarida ishtirok etayotgan 11 davlat vakillari  ishtirokida qabul qilingan.  

“Ko‘pkasi chempionati qaysi shahar va qaysi sanada o‘tkazilishi hozircha aniq emas, lekin qaror qabul qilindi: turnir kok-boru qoidalariga asosan “to‘yqozonlar” bilan bo‘lib o‘tadi”, - dedi Qirg‘iziston Kok-boru federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov Sport AKIpress nashriga.

Bugungi kunda ko‘pkari o‘yinining bir necha turlari mavjud.

Qirg‘izistonda qabul qilingan Kok-boru uslubida maydonning ikki chekkasida 2ta ulkan “to‘yqozon” quriladi. Polvonlar uloqni raqib jamoa to‘yqozoniga solishi kerak. Ta’kidlash joizki, ushbu uslubda otlar va polvonlar qozonga urilib jarohat olish ehtimoli ham oshadi.

Qozog‘istonda qabul qilingan Kokpar uslubida esa to‘yqozonlar o‘rniga yerda aylanalar chiziladi. Jamoa ochko to‘plash uchun uloqni ushbu aylanalr ichiga keltirib tashlashi kerak. Qozog‘iston Kokparida jamoalar 3 taym o‘rniga 2 taym bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 2-8 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan III Butunjahon qo‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida Kok-boru o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi kumush medal sohibi bo‘lgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан